14:59 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
104010

Shavkat Mirziyoyevning beshta eng katta yutugʻi yoki nima uchun prezidentga rahmat aytishimiz kerak. 

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti boʻlganidan soʻng qanday ijobiy oʻzgarishlar yuz berdi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.

1.  Erkin konvertatsiya – oddiy iqtisodiy operatsiya, bir valyutani ikkinchisiga almashtirish odingi zamonlarda katta muammo edi. Agar ushbu valyuta korxonaga tegishli boʻlsa – uni davlat kursida sotish majburiyati ham bor edi. Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan soʻng birinchi navbatda amalga oshirgan eng katta islohotlardan biri valyuta ayirboshlashni erkinlashtirish boʻldi.

2.  Bank-kredit tizimi islohoti. Markaziy bank, Moliya vazirligi faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar yaqqol sezila boshlandi. Xususan, inflyatsiya, byudjet, tashqi savdo aylanmasi haqida aniq koʻrsatgichlar eʼlon qilinib ana shularga asoslangan moliya kredit siyosati olib borila boshlandi. Undan tashqari Xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari maslahatlaridan foydalana boshlandi. Bu esa oʻzining ijobiy natijalari bermoqda. Masalan – nisbatan past inflyatsiya, yevrobondlar, investorlarning Oʻzbekistonga qiziqishi va ishonchining ortib borayotgani va boshqalar.

3.  Haqiqatga yaqin statistika. Bir necha yil oldin Oʻzbekiston tegishli organlari eʼlon qilayotgan statistik maʼlumotlarga hech kim ishonmas edi. Bugun esa - Oʻzbekiston aholisining real daromadi, ishsizlik darajasi, oʻlim sabablari, kasalliklar haqida real haqiqiy statistik maʼlumotlardan xabardormiz. Buni nafaqat aholi, balkim xalqaro tashkilotlar ham qayd etmoqda.

4.  MXX islohoti. Bir necha yil oldin MXX faoliyatiga juda katta erkinliklar berilgan edi. MXX sud-huquq davlat boshqaruv organlari faoliyatiga aralashishi, tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralashish hollari juda koʻp uchrab turar edi. Shavkat Mirziyoyev kelganidan soʻng ushbu qutratli tashkilot nafaqat nomi oʻzgartirildi, balkim uning safi ham yaxshigina “tozalandi”. 

5.  Jurnalistlarga erkinlik berildi – oldin ayrim mavzularda gap boshlash, kimlarnidir tanqid qilish – kamdan kam sodir boʻlar edi. Aksariyat jurnalistlar “osmonimiz musaffo, shunga ham shukur” deyishdan nariga oʻtmasdi. Hozir boʻlsa – istalgan amaldor, istalgan muassasa yoki yirik davlat korxonasi faoliyati keskin tanqid qilinishi mumkin va buning uchun jurnalistga hech narsa boʻlmaydi.

Bu Shavkat Mirziyoyev hukumat boshiga kelganidan keyin amalga oshirilgan islohotlarning barchasi emas. Xususan, sarmoyalar jalb qilish, turizmni rivojlantirish, maktablarda taʼlim darajasini oshirish kabi islohotlar ham ayni damda faol olib borilmoqda.

Shuningdek, soliq tizimini isloh qilish, ichki ishlar organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarda ham islohotlar toʻgʻri yoʻnalishda olib borilmoqda. Ularning natijalarini bir necha yildan keyin kuzatamiz deb umid qilamiz.

Hali muammolar koʻp boʻlishiga qaramasdan, allaqachon amalga oshirilgan va mutlaq ijobiy natijalar bergan islohotlar uchun prezidentga rahmat aytishni ham unutmaslik kerak.

Asosiy mavzular