07:44 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
2755 0 0

Yangi kelinchak oʻzbekcha urf-odatlarini bir zumda oʻrganib oldi. Koʻcha va hovlilarga suv sepib, supurib hamma yoqni orasta qilmoqda. Qolaversa, milliy taomlar tayyorlashni ham zukkolik bilan oʻrganib oldi.

TOSHKENT, 24 iyul – Sputnik. Angliyalik qiz Fargʻonaga kelin boʻlib tushdi. Bu haqda Facebook foydalanuvchisi maʼlum qildi.

Xabarda yozilishicha, toʻy Fargʻona viloyati Eshonguzar qishlogʻida katta tantana bilan oʻtkazilgan.

Fargʻonalik Muhayyo opaning oʻgʻli Nurulloxon turmush oʻrtogʻi bilan chet elda tanishishib, bir birlarini sinab, muhabbat rishtalari ila oila qurishgan.

“Jena Angliyada tugʻilib oʻsgan boʻlsada odob ahloqli, hayoli mehribon qiz boʻlib chiqdi.Uning otasi Maykl va Kristinaxonim oʻzbek yigiting oq koʻngil, bilimdon, mehribon ekanligini koʻrib u bilan yaqindan tanishib qizlari bilan turmush qurishiga rozi boʻlishdi”, - deyiladi xabarda.

Anglichanka vыshla zamuj za uzbekistantsa
Facebook / Fotima Uktamova
Anglichanka vыshla zamuj za uzbekistantsa

Xabarda yangi kelinchak oʻzbekcha urf-odatlarini bir zumda oʻrganib olgani, koʻcha va hovlilarni supurib, suv sepib, hamma yoqni orasta qilib, milliy taomlar tayyorlashni ham zukkolik bilan oʻrganib olgani qoʻshimcha qilingan.

Angliyalik kelinni qaynonasi Jena emas, Jannatxon deb erkalab chaqirayotgan ekan.

Asosiy mavzular