07:31 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Tojikistonlik ona va bola Moskva viloyatida 4 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining pasportlarini olib qoʻyib, quldek ishlatishdi.

TOSHKENT, 25 iyul - Sputnik. Moskva viloyatiga qisqa vaqtga quldorlik tizimi qaytib keldi, deb xabar qilmoqda "Vesti" telekanali.

Tojikistonlik ona va bola oʻzbekistonlik 4 nafar migrantlarni quldek ishlatishdi. Dastlab ular ishchilarga 15 kunga 250 dollardan maosh toʻlashini vaʼda berib, Moskva viloyatiga olib kelgan. Lekin oʻz vaʼdasining ustidan chiqmagan. Undan tashqari ular registratsiya qilish bahonasida, migrantlarning pasportlarini olib qoʻyib, qaytarib bermagan.

Shundan soʻng migrantlar 1 oydan ortiq faqat ovqat evaziga ishlashga majbur boʻlishgan. Oxir oqibat ular politsiyaga murojaat qilishgan.

Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda. Tojikiston fuqarolariga 10 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

Shu oʻrinda mehnat qilish uchun kelayotgan hamyurtlarimizga yana bir bor eslatib oʻtmoqchimiz. Har qanday ishni boshlashdan avval ish beruvchi bilan shartnoma imzolash kerak. Xoh u yuridik, hoh  jismoniy shaxs boʻlsin.

Imzolangan shartnomangiz boʻlmasa va ish beruvchi bilan nizo kelib chiqsa - hech qanday politsiya yoki sud sizning maoshingizni olib bera olmaydi. Rossiyada qonun himoyasida boʻlay desangiz – oʻzingiz ham barcha hujjatlaringizni belgilangan tartibda rasmiylashtirib qoʻying.

Asosiy mavzular