14:31 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
154 0 0

Fargʻona shahar Kasb-hunarga oʻqitish markazi bu yoʻnalishda KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan toʻrtinchi loyiha hisoblanadi.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. 24 iyul kuni Fargʻona shahrida Ishsiz va band boʻlmagan fuqarolarni kasb-hunarga oʻqitish markazining tamal toshini qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

Marosimda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari Erkin Muhitdinov, Koreya Oʻzbekistondagi elchisi Kan Chje Kvon, KOICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori Son Song Il hamda shahar faollari va aholi vakillari ishtirok etdi.

V Fergane sostoyalas tseremoniya zakladki pervogo kamnya Tsentra professionalnogo obucheniya
Press-slujba Ministerstva zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana
V Fergane sostoyalas tseremoniya zakladki pervogo kamnya Tsentra professionalnogo obucheniya

Fargʻona shahar Kasb-hunarga oʻqitish markazini tashkil etish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha 2018-2022 yillarga moʻljallangan boʻlib, markazda bir vaqtning oʻzida 240 nafar oʻquvchi axborot texnologiyalari, elektr va elektronika, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, tikuvchilik, sartaroshlik singari qator yoʻnalishlar boʻyicha kasbiy taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.

Fargʻona shahar Kasb-hunarga oʻqitish markazi bu yoʻnalishda KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan toʻrtinchi loyiha hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent (2012), Shahrisabz (2016), Samarqand (2018) shaharlarida bu kabi kasb-hunarga oʻqitish markazlari faol ishlab kelmoqda.

Asosiy mavzular