07:01 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
203 0 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassisi Oʻzbekiston aptekalarida sotilayotgan dorilar narxi qanday hosil boʻlishini tushuntirib berdi.

TOSHKENT, 25 iyul — Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi Axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi Muhabbat Ibrohimova Oʻzbekistonda savdoga chiqarilayotgan dorilarning narxlarigi taʼsir qiluvchi 5ta asosiy omilni sanab oʻtdi.

Ibrohimova aytishiga qaraganda, dorining narxi arzon yoki qimmat boʻlishi turli narsalarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Ishlab chiqarish texnologiyalari, xom ashyo, tarkib va boshqalar. Lekin aynan Oʻzbekistonda sotilayotgan dorilarnarxiga asosan quyidagi omillar taʼsir qiladi:

  1. Oʻzbekistonga kiradigan barcha dori vositalari uchun ustama narx bir xil — 15 foiz qilib belgilangan.
  2. Ikkinchi sabab — dori vositalari bizda biznesga kirdi. Shundan kelib chiqib, dorilarning miqdoriga qarab marketing asosida narx belgilashadi. Ulgurji firma katta miqdorda dori olib kelsa, arzonga tushadi.
  3. Uchinchi sabab — dorilarni transport vositari orqali tashib keltirish xarajatlari. Maʼlumki, ular har xil yoʻllar orqali olib kelinadi.
  4. Toʻrtinchi sabab — bizda dorixonalarda 20 foizgacha ustama narx qoʻyish belgilangan. Kimdir katta tarmoqli dorixonani yuritayotgani uchun faqat 10 foiz qoʻyishi mumkin, kimdir 20 foiz qoʻyishi mumkin.
  5. Yana boshqa sababi — ushbu meʼyoriy stavkaga qaramay, baʼzi dorixonalar 20 foizdan ham oshiq narx qoʻyadi.

Ming afsuski, hozirda bunday holatlar bizda kuzatilmoqda. Mana shu omillar taʼsirida Oʻzbekistonda dorilar narxi farqlanishi mumkin, dedi mutaxassis.

Asosiy mavzular