14:53 23 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
88 0 0

Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizicton qutqaruv xizmatlari ilk bor birgalikda oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazadi.

TOSHKENT, 28 iyul – Sputnik. Sentyabr oyida Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston qutqaruvchilari Qirgʻizistonning Botken viloyatida ilk bor birgalikda oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

“Oʻtkazilishi kutilayotgan bu mashgʻulotlardan koʻzlangan maqsad - yongʻin-qutqaruvchilarning tabiiy texnogen va ofatlarni bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkalashdan iborat”, - deyilgan xabarda.

Ayni damda ushbu uch davlat mutaxassislari hamkorlikdagi oʻquv-mashgʻulotlarining oʻtkazilish tartibini kelishib olishmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 11 iyun kunida Toshkent harbiy okrugida Oʻzbekistonk Qurolli kuchlar, Milliy gvardiya, Chegara qoʻshinlari, mahalliy IIB va FVV boʻlimlarining qoʻshma oʻquv-mashugʻlotlari boʻlib oʻtgan edi.

Asosiy mavzular