09:06 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
27310

“Radiouzel orqali hech boʻlmaganda haftada 2-3 marotaba (har kuni bir marotaba boʻlsa ham) bir xil vaqtda mahalladagi yangilik va eʼlonlarni berib borish, har bir xonadonga oʻrnatilgan radiopriyomnik orqali mahalliy yangiliklardan xabardor boʻlish barcha uchun foydali boʻladi”, - deyilgan murojaatda.

TOSHKENT, 29 iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida mahallalarda radiouzellar tashkil qilish toʻgʻrisida petitsiya joylashtirildi.

Murojaat muallifi fikriga koʻra, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda televideniye yoki internet orqali bizdan uzoqda boʻlgan davlatlarda qanday voqea va hodisalar yuz berayotgani haqida tezkor xabardor boʻlishning imkoni bor, lekin oʻzimiz yashab turgan mahallada qanday yangiliklar boʻlayotganini oʻz vaqtida bilishning imkoni yoʻq.

"Avvallari, tuman markazidagi radiouzeldan kunda bir bor yangiliklar berib borilar edi. Mahalliy hokimiyat organlarining murojaati boʻlsa, har bir xonadonga oʻrnatilgan radio orqali darrov eshitishning imkoniyati bor edi.

Hozirgi vaqtda mahallalarda toʻy-xashamlar va turli marosimlarni tartibga solish uchun fuqarolar bilan maslahatlashishda mahalla raislarining aholi bilan ochiq muloqoti uchun yetarli sharoit yoʻq. Buning uchun aloqa vositasining oʻzi yoʻq. Har doim ham hammani yigʻib gaplashish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar boʻlavermaydi”, - deyilgan petitsiyada.

Petitsiyada ushbu muammoni hal qilish uchun har bir mahallada alohida radiouzel tashkil qilish taklif etilgan.

“Oʻsha radiouzel orqali hech boʻlmaganda haftada 2-3 marotaba (har kuni bir marotaba boʻlsa ham) bir xil vaqtda mahalladagi yangilik va eʼlonlarni berib borish, har bir xonadonga oʻrnatilgan radiopriyomnik orqali mahalliy yangiliklardan xabardor boʻlish barcha uchun foydali boʻladi. Bu oʻz navbatida mahalla va fuqarolar oʻrtasida yanada yaqin aloqa boʻlishiga xizmat qiladi. Fuqarolar ham yangiliklardan oʻz vaqtida xabar topishadi”, - deyilgan murojaatda.

Asosiy mavzular