08:45 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
407 0 0

Yer uchastkalari egalarini mikro roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanadi.

TOSHKENT, 29 iyul – Sputnik. “Yer uchastkalari egalarini mikro roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Unga koʻra, 2020 yil 1 iyundan 30 iyungacha respublikaning har bir tumani va shahrida mavjud dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklari sonining 10 foizini qamrab olgan holda, yer uchastkalari egalarining qishloq xoʻjaligi faoliyati boʻyicha mikro roʻyxatga olish tadbiri oʻtkaziladi.

Hujjat bilan yer uchastkalari egalarini mikro roʻyxatga olishni tashkil etish va oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibini tasdiqlash rejalashtirilgan.

Qaror loyihasida 2019 yil 1 noyabrgacha Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan tasodifiy keng qamrovli tanlov asosida shakllantirilgan mikro roʻyxatga olish oʻtkaziladigan mahalla fuqarolar yigʻinlari roʻyxatini tasdiqlash;

2020 yil 20 dekabrgacha mikro roʻyxatga olish natijalarini tahlil qilish va dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi faoliyatiga oid statistika maʼlumotlariga kiritiladigan tegishli oʻzgartirishlar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etish vazifalari bayon etilgan.

Asosiy mavzular