08:31 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
36510

Mehnat vazirligi xabarida aytilishiga koʻra, Fargʻona viloyatida 27-28 iyul kunlari 13,5 ming kishi ishtirokida oʻtkazilgan ommaviy hashar – noqonuniy boʻlgan.

TOSHKENT, 30 iyul - Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat vazirligi 27-28 iyul kunlari Fargʻona viloyati Rishton tumanida oʻtkazilgan ommaviy hasharni noqonuniy deb baholadi.

“Vazirlar Mahkamasining 349-son Qaroriga muvofiq, hashar faqat ixtiyoriy asosda oʻtkazilishi belgilangan. Umumxalq hasharini oʻtkazish toʻgʻrisida Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qarori boʻlishi shart. Hasharlar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-taʼmirlash ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʻl qoʻyilmaydi”, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari, Mehnat vazirligi tomonidan hasharda ishtirok etgan “Azot” AJ, “Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi”, “Fargʻona Issiqlik energo markazi” MCHJ korxonalarda majburiy mehnatga jalb qilish holatlarini oʻrganish uchun 3 ta guruh komissiya tuzildi.

Ushbu munosabat bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi joylardagi davlat hokimiyat organlari rahbarlaridan har qanday majburiy mehnat koʻrinishlarini toʻxtatishni talab etadi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular