09:18 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
40610

Joriy yilda maxsus jihozlangan ISUZU HC 40 avtobuslarida mobil maktabgacha taʼlim guruhlari tashkil qilinadi.

TOSHKENT, 30 iyul – Sputnik. “Maktabgacha taʼlim muqobil shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qaror loyihasi tayyorlandi.

Hujjatda aytilishicha, 2019-2020 oʻquv yilida ISUZU HC 40 maxsus jihozlangan avtobuslarida mobil maktabgacha taʼlim guruhlarini tashkil qilish boʻyicha loyihani joriy etish nazarda tutilgan.

Koʻchma guruhlar maktabgacha taʼlim muassasalariga bormaydigan bolalarga maktabgacha taʼlim olishlariga yordam berish maqsadida tashkil etiladi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi taʼlim-tarbiya jarayoniga mobil guruhlarini zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiya, taʼlim va tarbiya samarali shakl va uslublarni joriy etadi. Shuningdek mobil guruhlarni oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, didaktik materiallar, bolalarni rivojlantiradigan oʻyinchoq va oʻyinlar, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks etgan va bolalikdan kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni uygʻotadigan adabiyotlar bilan taʼminlaydi.

Qayd etilishicha, mobil guruhlar (taʼlim-tarbiya jarayoni haftada 7 soatdan kam boʻlmasligi kerak) maktabgacha taʼlim tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.  

Shuningdek, loyihaga mobil maktabgacha taʼlim guruhlari faoliyatini tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida nizom ilova qilingan.

Asosiy mavzular