07:47 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
104 0 0

Xalq taʼlimi vazirligi Toshkent shahridagi 218-maktab oʻqituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarni oʻrganib chiqadi.

TOSHKENT, 31 iyul – Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi Toshkent shahridagi 218-maktab oʻqituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabar yuzasidan bayonot berdi.

“Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur maʼlumotni oʻrganib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu holatga yoʻl qoʻyganlarga chora koʻradi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qarorining 16-bandiga koʻra xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari, shuningdek, boshqa turdagi ishlarga jalb qilish qatʼiyan taʼqiqlangan.

Mazkur bandga koʻra, Bosh prokuratura Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda pedagog xodimlarning huquq va erkinliklarini cheklash holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan muntazam ravishda nazorat tadbirlarini oʻtkazish hamda aybdor shaxslarning javobgarlikka tortishni taʼminlash topshirilgan.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi bu kabi holatlarni oldini olish va xalq taʼlimi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shikoyatlarni qabul qilishda qulay boʻlgan virtual inspektorni ishga tushirgan.

“Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganida yoki turli toʻlovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin”, - deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular