14:17 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Uzbekistana Sherzod Kudbiyev

Mehnat vazirligi migrantlarga qanday yordam koʻrsatmoqda?

Press-slujba Minzanyatosti Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
275 0 0

Sherzod Qudbiyev vazirlik tomonidan Rossiyadagi mehnat migrantlarga qanday yordam koʻrsatilayotganini aytib berdi.

TOSHKENT, 1 avg – Sputnik. Bandlik vam mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyev xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga vazirlik tomonidan qanday yordam koʻrsatilayotgani haqida quyidagilarni aytib berdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

“Mehnat migrantlari Oʻzbekistonga yiliga 5 milliard dollarga yaqin mablagʻ joʻnatishadi. ($ 4,2 mlrd.- MB )  Bu eksportning har istalgan tarmogʻidan yuqori”, - deydi Sherzod Qudbiyev.

Vazir soʻzlariga koʻra, bugungi kunda 2 600 000 nafar fuqarolar xorijiy mamlakatlarda mehnat qilishmoqda. Ulardan 2 milliondan ortigʻi 83% - Rossiyada.

Oʻzbekiston hukumati ham soʻnggi yillarda migrantlarni tan olib, xorijiy mamlakatlarda ularning huquqlarini himoya qilishda yordam koʻrsatisha harakat qilmoqda.

Xususan, 1 yil ichidan 1314 nafar fuqaro Rossiyadagi  vaktinchalik ushlab turish punktlaridan Oʻzbekistonga olib kelindi. Undan tashqari 94ta “200yuk”  davlat hisobidan vataniga qaytarildi.

Shuningdek, Rossiyaning bir necha shaharlarida Mehnat vazirligining vakolatxonalari ochilib, ular migrantlarga huquqiy konsultatsiyalar berishdi va 296 ming dollar mablagʻlarini ish beruvchilardan olib berishdi.

Undan tashqari 164 ming nafar xorijga mehnat qilish  uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga "Oʻzbekiston havo yoʻllari", "Oʻzbekiston temir yoʻllari" va "Aloqabank" bilan birgalikda 20 % chegirmali chiptalar olib berdik, deydi vazir. 

Asosiy mavzular