12:59 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
238 0 0

Yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

TOSHKENT, 5 avg - Sputnik. “Fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlarining mulk huquqi kafolatlanishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezidenti farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga koʻra, 2019 yil 5 avgustdan boshlab, fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlarining yer uchastkalarini olib qoʻyish hamda koʻchmas mulk obʼyektlarini buzish ishlari quyidagicha 3 bosqichda amalga oshiriladi:

  • hokimlar tomonidan buzilishi rejalashtirilgan hudud boʻyicha materiallar toʻplami Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • Vazirlar Mahkamasida shaharsozlik talablari boʻyicha va moliyaviy hisob-kitoblar boʻyicha xulosalar tayyorlanadi;
  • xulosa Bosh vazirga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun kiritiladi.

Shuningdek, farmoyish bilan:

- yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan oʻtkazish boʻyicha respublika muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar tarkibi;

- xatlovdan oʻtkazishga koʻmaklashish uchun hududlarga biriktiriladigan masʼullar roʻyxati;

- xatlovdan oʻtkazish hamda ularni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

Yer ajratishga “ruxsat beruvchi” idoralar sonini qisqartirish kerak - Mirziyoyev

Xatlovdan oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhga:

- fuqarolar va tadbirkorlik subʼyektlariga yetkazilgan zararlarni joylarga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazib, ularning qonunchilikka muvofiq bozor qiymati asosida haqqoniy va adolatli miqdorini belgilash;

- yetkazilgan zararlarni qoplashning aniq manbalari belgilanish, agar zarar mansabdor shaxsning noqonuniy qarori qabul qilinishi oqibatida yetkazilgan boʻlsa – mazkur mansabdor shaxslardan regress tartibida undirib olish;

- aybdor mansabdor shaxslarga javobgarlik choralari koʻrish hamda qonun hujjatlari normalarini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqilish vazifasi topshirildi.

Hukumat tomonidan bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi:

- davlat dasturlari, yirik investitsiya va boshqa loyihalarni hududdagi koʻpchilik aholining fikrini inobatga olgan holda amalga oshirish;

- yer uchastkalari olib qoʻyilishida ularda joylashgan koʻchmas mulk obʼyektlarining mulkdorlari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazgan holda, birinchi navbatda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joy fondi obʼyektlari, shu jumladan foydalanilmayotgan obʼyektlar bilan band boʻlgan yer uchastkalarini tanlab olish;

- hokimlar tomonidan yer uchastkalarini olib qoʻyish haqida qaror qabul qilish uchun ushbu hududda joylashgan turar va noturar koʻchmas mulk obʼyektlari mulkdorlarining roziligini olish hamda yer uchastkasi olib qoʻyilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash boʻyicha yozma kelishuv tuzish.

Prezident hokimlarni zarurat boʻlmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi

Yer uchastkalari noqonuniy olib qoʻyilganligi munosabati bilan mulkdorlarga zarar yetkazilganligi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Mazkur tartib farmoyishda koʻrsatilgan yer uchastkalarini olib qoʻyish va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibini belgilovchi Hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladi.

Asosiy mavzular