07:46 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Papka s dokumentami

Oʻzbekistonda “Faxriy fuqaro” maqomi kimlarga beriladi?

Sputnik / Ilya Pitalev
Jamiyat
Havola olish
180 0 0

Ushbu maqom Oʻzbekiston prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin va bu Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmaydi.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibi toʻgʻrisida Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra ushbu maqom iqtisodiyot, fan, madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohaning rivojlanishiga katta investitsiya kiritgan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida xayriya faoliyatini amalga oshirayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.

Ushbu maqom prezident tashabbusi bilan berilishi mumkin.

Bunda qaror Senat tomonidan qabul qilinadi, guvohnoma esa Senat raisi tomonidan imzolanadi va topshiriladi.

Agar ushbu tashabbus davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan berilgan boʻlsa, qaror tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan qabul qilanadi.

Hujjatda ushbu maqom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish uchun asos hisoblanmasligi qayd etilgan.

Asosiy mavzular