21:02 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Oʻzbekiston “Harbiy-tibbiy estafeta”da yetakchilik qilmoqda

Departament informatsii i massovыx kommunikatsiy Minoboronы RUz
Jamiyat
Havola olish
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)
251 0 0

V Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida “Forish” togʻ poligonida “Harbiy-tibbiy estafeta” start olgan.

TOSHKENT, 6 avg – Sputnik. V Xalqaro armiya oʻyinlari doirasida “Forish” togʻ poligonida start olgan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovining dastlabki – AK-74 avtomati hamda PM pistoletidan 100 va 50 metr masofadagi nishonlarga qarata oʻq otish boʻyicha “Individual mahorat” shartida ishtirokchi 11 mamlakatning erkak va ayollar jamoalari oʻz merganlik mahoratlarini namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Departament informatsii i massovыx kommunikatsiy Minoboronы RUz
Uzbekistan lidiruyet v "Voyenno-meditsinskoy estafete"

Har ikki otish hududlarida Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi masʼul ofitseri podpolkovnik Mashhur Aglayev boshchiligidagi arbitr va texnik xodimlar shaxsiy tarkibi har bir ishtirokchiga xalqaro tanlov nizomi talablari asosida yoʻriqnomalar berib, otish amaliyotining maʼyorlarga binoan xavfsiz va adolatli oʻtishini nazorat qilib bordi.

Departament informatsii i massovыx kommunikatsiy Minoboronы RUz
Uzbekistan lidiruyet v "Voyenno-meditsinskoy estafete"

Mazkur shartning yakuniy natijalari asosida hakamlar shaxsiy tarkibining xulosalariga koʻra, individual birinchilikda peshqadamlar reytingi quyidagicha koʻrinish oldi:

Makarov pistoletidan oʻq otish (erkaklar):

1-oʻrinda Bobojon Elmurodov – Oʻzbekiston (183 ball);

2-oʻrinda Kapezov Nurjan – Qozogʻiston (169 ball).

3-oʻrinda Korban Roman – Belarus (141 ball).

Makarov pistoletidan oʻq otish (ayollar):

1-oʻrinda Larisa Xolmatova – Oʻzbekiston (145 ball);

2-oʻrinda Akbope Tanatarova – Qozogʻiston (135 ball);

3-oʻrinda Svetlana Cherkashina – Belarus (107 ball).

Kalashnikov avtomatidan oʻq otish (erkaklar):

1-oʻrinda Xokimbek Madaminjonov – Oʻzbekiston (191 ball);

2-oʻrinda Beksultan Toktar – Qozogʻiston (187 ball);

3-oʻrinda Shoxrux Ibragimov – Oʻzbekiston (186 ball).

Kalashnikov avtomatidan oʻq otish (ayollar):

1-oʻrinda Oydin Ubaydullaxujayeva – Oʻzbekiston (185 balla);

2-oʻrinda Xtar Tet  – Myanma (182 balla);

3-oʻrinda Saidaxon Abdumuminova – Oʻzbekiston (181 ballov).

Harbiy-tibbiyot mutaxassilari oʻrtasida avtomatdan oʻq otish musobaqasi boʻyija jamoaviy bahslarning yakuni boʻyicha qoʻyidagilar maʼlum boʻldi:

Erkaklar jamoasi:

1-oʻrin – Oʻzbekiston (377 ball);

2-oʻrin – Qozogʻiston (363 ball);

3-oʻrin – Rossiya (343 ball).

Ayollar jamoasi oʻrtasida:

1-oʻrin – Oʻzbekiston (366 ball);

2-oʻrin – Myanma (340 ball);

3-oʻrin – Qozogʻiston (329 ball).

“ArMI – 2019” oʻyinlari jami 31 ta tanlovdan iborat boʻlib, ulardan 16 tasi Rossiyada, toʻrttasi Xitoyda, uchtasi Qozogʻistonda, Belarus va Eronda ikkitadan hamda Armaniston, Ozarbayjon, Hindiston, Moʻgʻuliston va Oʻzbekistonda bittadan tanlovlar oʻtkaziladi.

Mavzu:
Xalqaro armiya oʻyinlari-2019 (26)

Asosiy mavzular