21:11 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Informatsionnыe texnologii

Internet-firibgarlar oʻzbekistonliklarni qanday chuv tushirmoqda?

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Jamiyat
Havola olish
907 0 0

Internet tarmogʻi insonlarga masofada turib taʼlim, axborot olish, shuningdek, uydan chiqmasdan u yoki bu xizmat turi uchun toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini ochgan bir vaqtda, internet-firibgarlari ham mudrab oʻtirgani yoʻq. Ular ishonuvchan oʻzbekistonliklarni chuv tushirish yoʻliga oʻtib olgan

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Oʻzbekiston IIV rasmiy axborotiga koʻra, firibgarlar oʻz maqsadini amalga oshirish yoʻlida hech narsadan toymayapti. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy topib borayotgan bir vaqtda ular internet tarmoqlaridan keng foydalanib, odamlarni aldab chuv tushirib ketishga urinmoqdalar.

Virtual tovar evaziga naqd pullar 

Bugungi kunda Oʻzbekiston fuqarolari chuv tushayotgan firibgarlik turlaridan biri - elektron taxtalar, ommabop saytlar va internet-auktsionlarda u yoki bu tovarning sotuvga qoʻyilganligi haqidagi eʼlonlardir. Bunda odatda, firibgarlar oʻz qurbonlariga ularga juda maʼqul keladigan takliflar bilan chiqishadi va toʻlovning maʼlum qismini naqd pul toʻlovi usulida elektron koshelyokka oʻtkazishni talab qilishadi.

"OʻzA" axborot agentligining yozishicha, joriy yil fevral oyida qoʻqonlik Xolida ismli ayol ichki ishlar organlariga murojaat etib, xuddi shunday turdagi firibgarlik qurboni boʻlganini aytgan.

Xususan, u internet tarmogʻida oʻzini Qozogʻistondanman deb tanishtirgan Guldana ismli ayol bilan tanishib, uchinchisi sovgʻaga beriladi, deya vaʼda qilingan ikki dona "iPhone XS" telefoniga ega boʻlish uchun 2018 yil dekabrida xalqaro elektron pul oʻtkazmasi orqali Guldana nomiga 1 200 AQSH dollarini yuborgan. Lekin mobil telefonini ham, pullarni ham qaytarib ololmagan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Ushbu jinoyatni sodir etgan nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan.

Firibgarlarning "piri"

Moʻʼjizalar faqat ertakda boʻladi, degan gap odamlar orasida koʻp ishlatilsa-da, hayotda ham sodir etilishiga ishonadigan insonlar uchraydi. Ayniqsa, fikr-mulohazali, koʻrinishidan koʻp narsaning fahmiga yetadigan kishilarning firib qurboniga aylanganini eshitganda, nailoj deyishdan oʻzga chora qolmaydi.

Ayniqsa, onlayn-platformalarda narxi deylik 300 million soʻm turadigan avtomobilning atigi 100 million soʻmga sotilayotgani odamlarni quvontirishi emas, sergak torttirishi kerak boʻlgan bir vaqtda, koʻpincha odamlar tezroq arzon narxdagi mashinaga egalik qilish ishtiyoqida yona boshlaydilar va odatda firib qurboniga aylanadilar.

Ayni vaqtda MDH davlatlarida avtomobil bilan bogʻliq firib turlari juda ommalashgan. Oʻzbekistonda ham bu turdagi firib qurboniga aylanganlar uchramoqda.

Xususan, Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yashovchi 1988 yilda tugʻilgan Alisher ham ana shunday aldanib qolgan shaxslardan biri. 2018 yilning sentyabr oyida nomaʼlum shaxs internet tarmogʻidagi "Olx.uz" onlayn-eʼlonlar sayti orqali "Lasetti" avtomashinasini 4 300 AQSH dollariga sotmoqchi ekanligi haqidagi eʼlonni joylashtirgan. Alisherning qiziquvchanligini payqagan firibgar avtomashina Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtganligini, shunday boʻlsa-da avtomashina Belarusda ekani, agarda xaridor kelishilgan pulni yuborsa, avtomashinani Oʻzbekistonga olib kelib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytgan.

Oʻzbekiston fuqarosi 2018 yil 7 sentyabr kuni "Western Union" xalqaro pul oʻtkazmasi xizmati orqali Dilorom Ziyadova ismli shaxs nomiga kelishilgan 4 300 AQSH dollarini yuborgan. Afsuski, shu kunga qadar na avtomashina, na yuborilgan pullardan darak yoʻq. Nomaʼlum shaxs esa telefon qoʻngʻiroqlariga javob bermay qoʻygan. 

Oʻz oʻrnida Alisherning 2019 yil 5 iyul kuni ichki ishlar organlariga qilgan murojaatiga asosan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, nomaʼlum shaxsni aniqlash va ushlash choralari koʻrilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston IIVdan foydali maslahat

Oʻzbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xodimi Mirzo Ulugʻbek Madalimovbu kabi holatlar butun jahon mamlakatlari qarshi kurash olib borayotgan kiberjinoyatlarning bir turi hisoblanadi va Oʻzbekistonda ham mazkur jinoyatga qarshi kurashish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, IIV fuqarolarni internet tarmogʻida shaxsiy maʼlumotlarni joylashtirmaslikni, kompyuter va mobil aloqa vositalaridan foydalangan holda shubhali tuyulgan bank rekvizitlariga mablagʻ oʻtkazmaslikni va umuman, hamisha hushyor boʻlishlarini soʻrab qolmoqda.

Asosiy mavzular