15:18 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
103910

Ideal taksi xizmati qanday boʻlishi kerak? Bu haqda Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Fuqarolar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishlari mumkin.

TOSHKENT, 9 avg - Sputnik. Ayni kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi hududida taksi xizmatini koʻrsatuvchi korxonalar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida"gi qarori loyihasi keng muhokamaga qoʻyildi.

Qaror loyihasida taksilarning tashqi koʻrinishi qanday boʻlishi kerakligi, ularni tanishtiruvchi belgilar hamda qanday qoʻshimcha axborotlar bilan taʼminlanishi lozimligi koʻrsatilgan.

Muhokamadagi qaror loyihasida shuningdek, haydovchilarga aniq talablar qoʻyilgan. Xususan, taksi haydovchisi boʻlishni istaganlar 21 yoshga toʻlgan, yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun "V" toifa ruxsatnomasiga ega, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va shu sohada kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.

Loyihada yoʻlovchilarga tashish xizmatini koʻrsatishga qaratilgan soliqni ham qayta koʻrib chiqish,  xususan, buyurtmaning 4 foizini soliq sifatida toʻlash taklif etilgan. 

Taksi transportining kelajagiga befarq boʻlmagan fuqarolar ushbu loyiha bilan tanishib chiqish va muhokama jarayonida faol ishtirok etishlari mumkin.

Muhokama 16 avgustga qadar davom etadi. Buning uchun ID.GOV.UZ saytida roʻyxatdan oʻtish kifoya.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent xalqaro aeroporti hududida amaldagidan uch barobar oshiq narx belgilagan taksi haydovchilariga nisbatan chora koʻrila boshlagani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular