20:45 10 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
212 0 0

Qurbon Hayiti bayrami kunlari Toshkentdan Urganch va Samarqandga qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

TOSHKENT, 9 avg – Sputnik. Qurbon Hayiti bayrami kunlari poytaxtdan Urganch va Samarqandga qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qildi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.

Qurbon hayiti bayrami kunlari koʻproq yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish maqsadida Toshkent-Urganch-Toshkent yoʻnalishida 556/555 sonli qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Toshkent – Urganch yoʻnalishida harkatlanadigan 556 – sonli qoʻshimcha poyezd 9, 11, 13 - avgust kunlari Toshkent janubiy vokzalidan kunduzi soat 14:22 da, Urganch-Toshkent yoʻnalishida harakatlanadigan 555-sonli qoʻshimcha poyezd 10,12,14 - avgust kunlari Urganch vokzalidan ertalab soat 10:10 da joʻnaydi.

Shuningdek, 09.08.2019 yildan boshlab, Toshkent-Samarqand-Toshkent yoʻnalishida qoʻshimcha 764/763 sonli “AFROSIYOB” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdining qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi.

Asosiy mavzular