08:04 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sherzod Xodjayev

"Aqlli hisoblagichlar" aldayaptimi: energetika vaziri oʻrinbosari aniq javobni aytdi

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
949 0 0

Oʻzbekiston energetika vazirining oʻrinbosari Sherzod Xodjayev yangi oʻrnatilayotgan elektron hisoblagichlar "tez aylanayotgani" borasidagi savollarga aniqlik kiritdi. U shuningdek, bunday holatlarda qayerga murojaat qilish mumkinligini aytdi

TOSHKENT, 10 avg - Sputnik. Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev yangi hisobga olish uskunalari aniq ishlamayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi. U shuningek, oʻrnatilgan hisoblagichlar toʻgʻri ishlayotganiga shubha bilan qaragan isteʼmolchilarga bu kabi holatlarda qanday ish tutish mumkinligi haqida maslahat berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek segmentida eski hisoblagichlardan farqli oʻlaroq, yangi oʻrnatilayotgan uskunalar isteʼmol qilinayotgan energiyani haddan ziyod koʻp hisoblab yuborayotgani haqidagi xabarlar qizgʻin muhokama qilinmoqda. Shu munosabat bilan tashkil etilgan brifingda energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xodjayev bunday holatlarning ommaviyligini inkor etib, har bir holat boʻyicha alohida shugʻullanish vaʼdasini berdi hamda uskuna toʻgʻri ishlayotganiga isteʼmolchilarda shubha tugʻilgan taqdirda qanday yoʻl tutmoqlik borasida maslahatlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Murojaatlarning birinchi va asosiy kategoriyasi ushbu hisoblagichlarni oʻrnatayotganlar bilan bogʻliq. Goʻyoki ular oʻz ishini xato bajargan. Biz har bir murojaat bilan alohida shugʻullanyapmiz. Shuningdek, isteʼmolchilar hisoblagichlar notoʻgʻri ishlayotganidan ham arz qilmoqda, yaʼni ular nazdida uskunalar keragidan ortiq hisoblab yubormoqda. Lekin, toʻgʻrisini aytsam, men bunga ishonmayman. Har bir hisobga olish uskunasi korxonada sertifikatsiyadan oʻtadi va busiz u chiqarilmaydi. Bundan tashqari, biz elektr energiyasini oʻgʻirlashning turli variantlarini va sanktsiyalanmagan isteʼmolchilarning ulanib olishlarini ham hisobga olishga harakat qildik. Uskuna ochilgan taqdirda, u shu zahoti qayddan oʻtadi, biz har bir ulanish va bajarilgan harakat ustidan nazorat olib borib, qoidabuzarlik roʻy bergan holatlarda buni aniqlay olamiz. Shuni ham unutmaslik kerakki, 30 va undan ortiq yillar davomida xizmat koʻrsatgan eski schetchiklar, vaqt oʻtishi bilan taʼsirchanligini yoʻqotadi va shu bois isteʼmol qilinayotgan barcha energiya ham ular tomonidan hisobga olinmagan", - deya tushuntirdi Xodjayev.

U shuningdek, elektr energiyasini hisobga olish uskunalari har 10 yilda bir marotaba tekshiruvdan oʻtkazilishini, bunda isteʼmolchi uskunani shaxsan olib borish va toʻlov kabi masalalardan ozod etilishini qoʻshimcha qildi. Agar isteʼmolchi hisoblagich ishini notoʻgʻri, deb baholayotgan boʻlsa, u tekshiruv oʻtkazish va asosli eʼtirozlar bildirishga haqli.

"Uskunani oʻrnatgan kompaniyaga murojaat qiladi, kompaniya hisoblagichni yechadi va isteʼmolchiga topshiradi. Isteʼmolchi shaxsan uskunani "Oʻzstandart"ning istalgan boʻlinmasiga metrologik ekspertizaga olib boradi. Tekshiruv uning guvohligida amalga oshiradi, natijalari boʻyicha kvitantsiya beriladi. Agar hisoblagich rostdan oshirilgan koʻrsatmalarni berayotgan boʻlsa, fuqaro tarmoq kompaniyasidan qarzdorlikni qayta hisoblash va ekspertizaga ketgan harajatlarni qoplash uchun kompensatsiya talab qilishga haqli. Agar uskuna soz boʻlsa, isteʼmolchi oʻz pullarini yoʻqotadi, hisoblagich esa joyiga oʻrnatiladi", - deya tushuntirdi Xodjayev.

Energetika vaziri oʻrinbosari soʻzlariga koʻra, aqlli deb nom olgan hisoblagichlarda "brak" holatlari istisno etilmagan, faqat u boshqa turda boʻladi. Misol uchun, uskunaga mexanik jihatdan lat yetkazilgan boʻlishi mumkin, lekin bunday holatlarda schyotchik energiya isteʼmoli haqida notoʻgʻri koʻrsatma bermaydi yoki oshirib yozmaydi, u shunchaki ishlashdan toʻxtaydi.

Asosiy mavzular