04:21 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

DTM tomonidan texnik xatoga yoʻl qoʻyilgan test savoli uchun maksimal ball beriladi

© Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Jamiyat
Havola olish
313 0 0

AOKAda Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorov ishtirokida navbatdagi brifing boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi bosh boshqarma boshligʻi Diyorbek Qoʻchqorov ishtirokida navbatdagi brifing boʻlib oʻtdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, unda Diyorbek Qoʻchqorov DTM tomonidan texnik xatoga yoʻl qoʻyilgan test savoli uchun maksimal ball berilishini maʼlum qilgan.

Oʻzbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 29 iyuldan boshlandi va 16 kun davomida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Bu yilgi test sinovlarida 1 066 925 nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda.

Test sinovlari oʻtkazish uchun 66 bino tayyorlangan, ularning eng kattasi bir vaqtning oʻzida 1 ming 710 abituriyentni qabul qiladi. Ushbu  binolar uchun 1 155 dan ortiq videokuzatuv kamerasi, 120 dona mobil aloqalarini toʻsuvchi qurilma, abituriyentlar sonidan kelib chiqqan holda metalloramalar, barmoq izi asosida tanish vositalari oʻrnatilgan.

Asosiy mavzular