16:56 21 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Minometchiki Uzbekistana zavershili konkurs s bronzovoy nagradoy

Oʻzbekistonlik minomyotchilar xalqaro tanlovni bronza medali bilan yakunladi

Press-slujba
Jamiyat
Havola olish
100 0 0

Tanlovda Armanston, Belarus, Venesuela, Ozarbayjon, Zimbabve, Eron, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Suriya, Tojikiston va Oʻzbekiston jamoalari birinchilik uchun oʻzaro kurashdi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Qozogʻistonning “Otar” bazasi poligonida minomyotchilar hisobi oʻrtasida oʻtkazilgan “Artilleriya olovi ustalari” xalqaro tanlovining yakuniy natijalariga koʻra, Oʻzbekiston faxrli uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Qozogʻiston jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrin Rossiyaga nasib etdi.

Tanlov bosqichlari: “Individual poyga”, “Tungi sprint” va “Estafeta”. Texnikalar: 120 millimetrli 2B11 minomyot, koʻp maqsadli yengil tyagach va zirhlangan MT-LB mashinasi.

Tanlovda Armanston, Belarus, Venesuela, Ozarbayjon, Zimbabve, Eron, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Suriya, Tojikiston va Oʻzbekiston jamoalari birinchilik uchun oʻzaro kurashdi.

Oʻzbekistonlik minomyotchilar 1- va 2-bosqichlardagi natijalariga koʻra, Ozarbayjon va Belarus jamoalari bilan bir qatorda umumjamoa hisobida 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.

Soʻnggi “Estafeta” bosqichida esa Qozogʻiston va Rossiya jamoalari birinchi va ikkinchi oʻrinda boʻlib oldi. Oʻzbekistonlik harbiy xizmatchilar esa kuchli uchlikka kirishga muvaffaq boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moskva viloyatidagi “Alabino” poligonida Oʻzbekiston jamoasi “Tank biatloni” musobaqasining ikkinchi divizionidagi yarim final bahslarida yaxshi natija koʻrsatib, finalga yoʻl olgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular