03:41 21 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Trudovыe migrantы

Oʻzbekistonda xususiy bandlik agentliklari “elakdan oʻtkaziladi”

Sputnik / Lev Rыjkov
Jamiyat
Havola olish
31021

Oʻzbekistonda xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshiruvdan oʻtkaziladi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Bandlik va mehnat munosabatlari  vazirligi fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasini taʼminlash maqsadida ayrim Xususiy bandlik agentliklarining faoliyatini tekshirish rejalashtirmoqda. Bu haqda ushbu vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, respublikada litsenziyaga ega 61 ta Xususiy bandlik agentliklari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ayrim Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarga ishga joylashish borasida xizmatlar koʻrsatilishi uchun ulardan oldindan 100% toʻlovlarni amalga oshirish talab etilmoqda va undirilgan toʻlovlar evaziga fuqarolarni ishga joylashtirish xizmatlari koʻrsatilmay qolmoqda.

Natijada fuqarolar tomonidan Xususiy bandlik agentliklariga toʻlagan mablagʻlarini qaytarish talab etilganda, ushbu mablagʻlar qaytarilmayapti yoki xizmatlar koʻrsatilmagan boʻlsada, mablagʻlarning maʼlum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

“Tekshirish yakuni boʻyicha qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini toʻxtatish, tugatish, bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi, shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari boʻyicha toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi”, - deyilgan xabarda.  

Asosiy mavzular