03:56 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Otrabotannoye yadernoye toplivo

Oʻzbekiston AESda ishlatib boʻlingan yoqilgʻi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
Jamiyat
Havola olish
30910

Oʻzbekistonda quriladigan AESda ishlatib boʻlingan yoqilgʻi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi.

TOSHKENT, 14 avg – Sputnik. Oʻzbekistonda quriladigan AESda ishlatib boʻlingan yoqilgʻi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuboriladi. Radioaktiv chiqindilar respublikada saqlanadi. Bu haqda “Oʻzatom” matbuot xizmati xabar qildi.

“Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi qayta ishlash uchun Rossiyaga yuborish rejalashtirilgan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, qayta ishlash jarayonida qimmatli yadroviy material chiqariladi, qolgani esa bugʻlash va presslash orqali qattiq agregat holatga keltiriladi va Oʻzbekistonga qaytariladi.  

Bu mexanizm Oʻzbekiston va Rossiya aʼzo boʻlgan qator xalqaro shartnomalar bilan koʻzda tutilgan: Yadroviy qurolni tarqalmaslik toʻgʻrisida Shartnoma (1968 yil 1 iyul), Yadroviy qurilmalarni va yadroviy materialni jisman himoya qilish toʻgʻrisida Konventsiya (1979 yil 26 oktyabr),  Ishlatib boʻlingan yoqilgʻi bilan muomalada boʻlish xavfsizligi toʻgʻrisidagi va va radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish xavfsizligi haqidagi birlashgan Konventsiya (1997 yil 5 sentyabr).

“Har bir mamlakat radioaktiv chiqindilarni oʻz hududida saqlashi kerak”, - deyilgan xabardi.  

2018 yil sentyabr boshida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev va Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov AES qurilishida hamkorlik qilish toʻgʻrisida bitimni imzolashgandi.

Rossiyaning "Rosatom" davlat korporatsiyasi 1 200 MVt quvvatga ega “3+” avlodidagi 1200-suv energetik reaktorli ikkita energoblok qurish rejalashtirilgan.

Oʻtkazilgan ilmiy izlanishlardan soʻng AES qurilishi uchun optimal maydon deb Jizzax viloyatida joylashgan Tuzonkoʻl yaqinidagi hudud tanlangan.

Bugungi kunda bu maydonda AES qurilishi uchun tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichi jadal suratlarda olib borilmoqda.

Stantsiyani 2028 yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stantsiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta ishlanib, yuqori qoʻshilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari ishlab chiqariladi.

Asosiy mavzular