17:56 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
1085 0 0

Hodisa ayol farzandlarining koʻz oʻngida yuz bergan. Ayollardan biri hushidan ketgan

TOSHKENT, 16 avg - Sputnik. Toshkent viloyati Oqqoʻrgʻon tumanidagi bozorda katta janjal yuz berib, mojaro davomida huquqni muhofaza qiluvchi xodimlar ayollarni kuch bilan qoʻlga olishga harakat qildilar, deb xabar qilmoqda UPL.

Qoʻlga olish vaqtida ayollardan biri hushidan ketgan va yerga yiqilgan. Farzandlari onasini hushiga keltirishga urinishgan.

Videoda shuningdek, ayol farzandlari qay tarzda oʻz onasini huquqni muhofaza qilish organlaridan himoya qilishga uringanliklari aks etgan.

Ijtimoiy tarmoqda bu holat katta shov-shuvlarga sabab boʻldi va qizgʻin muhokama qilinmoqda, foydalanuvchilarning aksariyati bu oila hech kimdan yordam soʻramay, pul topishga harakat qilishlari haqida yozganlar.

Eslatib oʻtamiz, bugun Oʻzbekistonda ayollarni zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi haqida xabar berilgan edi.

2018 yil davomida Oʻzbekistonda ayollarga qarshi 5 664ta zoʻravonlik holatlari yuz bergan, ular orasida 932 nafari sodir etilgan jinoyatlar natijasida jabrlangan.

Yangi qonun bu kabi muammolarga barham berish, ayollarni oilada, ish joylarida, taʼlim muassasalari va boshqa joylarda turli qiynoq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan.

Asosiy mavzular