14:17 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Inostrannыe grajdane v ocheredi na daktiloskopicheskuyu registratsiyu, arxivnoye foto

Mehnat vazirligi chetga ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarga zarur eslatma bilan chiqdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov
Jamiyat
Havola olish
502 0 0

Sal oldin Mehnat vazirligi Oʻzbekistondagi ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshirilishini eʼlon qilgan edi. Tekshiruv oʻtkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari sabab qilib koʻrsatilgan

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi chet elga ishga ketmoqchi boʻlgan fuqarolarga muhim eslatma bilan chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Vazirlik bunday fuqarolarni shartnoma tuzishda adashmaslik uchun qanday jihatlarga eʼtibor berish lozimligini aytib oʻtgan.

"Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini maqsad qilib qoʻygan fuqarolarni xususiy bandlik agentliklari bilan shartnomalar tuzishdan va rasmiy hujjatlarga imzo chekishdan oldin uning barcha talablarini oʻqib chiqishga va eʼtiborli boʻlishga chaqiradi. Koʻrsatilmagan xizmatlar uchun oldindan mablagʻ talab qilgan yoki toʻlanmagan summadan uzoq muddat foydalanib, oxir-oqibat mablagʻingizni qaytarishni talab qilganingizda oʻz chegirmasini olib qolayotgan kontragentlar yoki umuman mablagʻlaringizni qaytarib bermayotgan xususiy bandlik agentliklari haqida xabar bering", - deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib oʻtamiz, sal oldin Mehnat vazirligi Oʻzbekistondagi ayrim xususiy bandlik agentliklari faoliyati tekshirilishini eʼlon qilgan edi. Tekshiruv oʻtkazilishiga fuqarolarning aldanib qolayotganliklari sabab sifatida koʻrsatilgan.

Vazirlik axborotiga koʻra, xususiy bandlik agentliklariga ishga joylashish uchun murojaat etgan va oldindan 100% haq toʻlagan fuqarolar ishga joylashtirilmay qolmoqda va ular oʻz mablagʻlarini qaytarib ololmayapti, ayrim hollarda toʻlangan pullarning maʼlum bir qismi asossiz ushlab qolinmoqda.

Tekshirish yakuni boʻyicha qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻygan Xususiy bandlik agentliklarining litsenziyasini toʻxtatish, tugatish, bekor qilish masalasi koʻrib chiqiladi. Shuningdek Nizom va Bitim talablarini buzgan Xususiy bandlik agentliklari boʻyicha toʻplangan hujjatlar va maʼlumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Asosiy mavzular