“Afrosiyob” harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

© Michał HuniewiczVisokoskorostnoy elektropoyezd "Afrosiab"
Visokoskorostnoy elektropoyezd Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayram munosabati bilan “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi.

TOShKENT, 21 avg – Sputnik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ O‘zbekiston mustaqilligining 28-yilligi hamda ko‘plab yo‘lovchilarning talablarini inobatga olib, “Toshkent—Samarqand—Toshkent” yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdlarining harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qildi.

O‘zbekistonliklar Mustaqillik kuni munosabati bilan necha kun dam olishi ma’lum bo‘ldi

Xabarda aytilishicha, 2019-yil 26, 27, 28, 29-avgust hamda 2, 3-sentabr kunlari “Afrosiyob” poyezdlarining qo‘shimcha reyslari amalga oshiriladi.

Ushbu sanalarda mazkur poyezdlar soat 08:30 da Toshkent markaziy vokzalidan, soat 17:00 da esa Samarqand vokzalidan harakatlanadi.

Yangiliklar lentasi
0