19:02 05 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
116 0 0

Jumladan, toʻrt nafar xorijliklar orden bilan taqdirlangan. Biroq Rossiya diplomati “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan yagona shaxs.

TOSHKENT, 30 avg - Sputnik. Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Lvovich Tyurdenev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonga imzo chekdi.

Vladimir Tyurdenev Oʻzbekistonda ushbu orden bilan taqdirlangan yagona yuqori martabali diplomat.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi Jon MakGregor, AQSH Kongressi Vakillar palatasi aʼzosi Trent Kelli, J.Xopkins universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti rahbari Frederik Starr, BMTning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzer “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevdan va yana bir guruh shaxslar va davlat xizmatchilari, jumladan, Oʻzbekiston Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular