07:54 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
117 0 0

Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgda yongʻin oqibatida jarohatlangan fuqarolar haqida xabar berdi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Sham zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida jarohatlangan fuqarolarning sogʻliklari holati qoniqarli deb baholanmoqda. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.  

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi bosh konsulxonasi vakillari sham zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida tanasining 34%i kuyib reanimatsiya boʻlimiga tushgan Oʻzbekiston fuqarosi A.O. va tanasining 20%i kuyib kasalxonaga yotqizilgan E.A.ning holidan xabar olish uchun I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga bordilar.

Tegishli muolajadan soʻng ularning sogʻliklari holati qoniqarli deya baholanmoqda. Shifokorlar bergan maʼlumotga koʻra, ular yana taxminan 20 kun shifoxonadan qoladilar.

Shu bilan birga, bosh konsulxona xodimlari qurilish maydonida balandlikdan tushib ketishi oqibatida jarohatlangan Oʻzbekiston fuqarosi K.B.ning ham holidan xabar oldilar. U tibbiyot muassasasiga oʻng qovurgʻasi tsingan holda joylashtirilgan edi. Ayni paytda zarur muolaja olmoqda va holati yaxshilanmoqda.

 

Asosiy mavzular