13:31 09 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Jamiyat
Havola olish
599 0 0

Genderlar tengligi toʻgʻrisidagi yangi qonunga muvofiq, davlat lavozimlari erkak va ayollar orasida teng taqsimlanadi.

TOSHKENT, 3 sen – Sputnik. Oʻzbekistonda davlat lavozimlari erkak va ayollar orasida teng taqsimlanadigan boʻladi. Ushbu tartib “Erkaklar va ayollar teng huquqlari toʻgʻrisidagi” prezident qarorida belgilangan deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

“Davlat xizmatida genderlar tengligini taʼminlash maqsadida, xizmatchilar jinsiga vaqtincha kvotalar kiritilishi mumkin. Erkak va ayollar soni  teng boʻlganidan soʻng kvotalar belgilash tartibi bekoq qilinadi”, - deyilgan qaror matnida.

Yanga tartibga koʻra, qonun normalarida genderlar diskriminatsiya holatlarini aniqlash uchun ular gender-huquqiy ekspertizadan  oʻtkazilishi mumkin. Shuningdek, gender diskriminatsiyasiga duch kelgan fuqaro, sudga murojaat qilishi ham mumkin.

Yangi qonunda, ayollar bola parvarishi, erkaklar harbiy xizmatga chaqirilish kabi  holatlar gender diskriminatsiyaga kirmasligi ham aytib oʻtilgan. Undan tashqari, genderlarning teng huquqlari hatto qamoqxonalarda ham nazorat ostiga olinishi taʼkidlangan.

Erkak va ayollar uchun teng huquq va imkoniyatlar yaratish siyosati – gender tenglikni taʼminlash komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Maʼlumot uchun, 2019 yilning fevral oyida Jahon banki “Ayollar, biznes va qonun” mavzusida oʻtkazgan tadqiqotiga koʻra genderlar tengligi boʻyicha Oʻzbekiston 100 balldan 70,6 ball toʻplab MDH mamlakatlari orasida eng soʻnggi oʻrinni egallagan. Moldova - 84, Armaniston - 83, Tojikiston - 83, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina - 78, Qirgʻiziston - 76, Qozogʻiston – 75, Rossiya – 73 ball jamlagan.

Ushbu statistikaning eng yuqori qatorlaridan 100 ballik koʻrsatgich bilan Belgiya, Daniya va Frantsiya egallagan. Eng soʻnggi oʻrinlarida esa Sudan, BAA - 29,3 ball va Saudiya Arabistoni – 25,6 ball.

Eslatib oʻtamiz, bugun nafaqat rivojlangan davlatlarda balkim nufuzli xalqaro tashkilotlarda ham genderlar tengligiga katta eʼtibor berilmoqda. Xususan, BMT bosh kotibi Antonio Guterrish ham 2018 yilning fevral oyida BMTda ishlayotgan ayollar va erkaklar soni vanihoyat bir xil boʻlganini gʻurur bilan eʼlon qilgan edi. 

Asosiy mavzular