20:01 19 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Sobaka. Illyustrativnoye foto

Samarqand viloyati hokimligi yoppasiga zaharlab oʻldirilgan itlar yuzasidan bayonot berdi

CC0 / pixabay
Jamiyat
Havola olish
195 0 0

Oʻrganish natijalarida Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi hamda Siyob vetuchastka mudiri lavozimidan ozod etildi. Mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida oʻrganish natijalari viloyat prokuraturasiga yuborildi.

TOSHKENT, 4 sen - Sputnik. Samarqand viloyati hokimligi zaharlab oʻldirilgan itlar yuzasidan bayonot berdi.

Viloyat hokimligi xabarida qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 8 iyul “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 202-sonli qarori bilan qarovsiz itlarni tutish bilan joylarda obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari shugʻullanishi belgilangan.

Samarqand shahrida ham aynan ushbu masalaga Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasi huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish boʻlimlari tashkil etilib, ushbu masalaga masʼul etib belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video soha mutasaddilari va jamoatchilik vakillari ishtirokida atroflicha oʻrganib chiqilib, natijalari muhokama etildi.

“Ming afsuski, ushbu hodisani itlarni oʻldirish bilan emas, aksincha, ularni davolash, roʻyxatga olish va oʻz vaqtida emlab borish kabi vazifalar bilan shugʻullanishi zarur boʻlgan Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi masʼullari amalga oshirganligi aniqlandi. Oʻrganish natijalaridan kelib chiqib Samarqand shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi O.Allamurodov hamda Samarqand shahar veterinariya boʻlimi Siyob vet uchastka mudiri U.Rajabovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi. Ular egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, bu kabi noqonuniy hatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik zarurligi haqida Samarqand viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi hamda uning quyi boʻlimlari rahbarlari, vetuchastka mudirlari qatʼiy ogohlantirilgan.

Xabarda mazkur holat yuzasidan aybdorlarga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishini taʼminlash maqsadida oʻrganish natijalari viloyat prokuraturasiga yuborilgani qoʻshimcha qilingan.

Viloyat hokimligi barcha samarqandliklarga murojaat qilib, shu kabi noqonuniy hatti-harakatlarga guvoh boʻlganda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, telegram messendjeri yoxud 1177 ishonch telefoni orqali hokimlikni xabardor qilishga hamkorlikka chaqirgan.

Eslatib oʻtamiz, Samarqand shahridagi “Istiqbol” mahallasida itlar zaharlab oʻldirilishi voqeasi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, koʻpchilikning eʼtiroziga sabab boʻlgan edi.

Asosiy mavzular