Mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi

© Sputnik / Maksim BlinovZaklyuchennie v kolonii
Zaklyuchennie v kolonii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi beriladi

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Saylovlar to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Zaklyuchenniy ispravitelnoy kolonii vo vremya raboti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda mahkumlar qator huquqlarga ega bo‘ldi

Qonun bilan konstitutsiya va bir qator qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga muvofiq ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlarga saylovlarda ishtirok etish huquqi berildi.

“Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra endilikda ichki ishlar organi xodimlari Qonunchilik palatasiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga saylana olmaydi.

Yangiliklar lentasi
0