06:39 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
518 0 0

Samarqandda "Umar" qurilish kompaniyasi direktori firibgarlikda ayblanib 11 yilga qamaldi.

TOSHKENT, 5 sen - Sputnik. Samarqandlik yirik tadbirkor, “Umar” qurilish kompaniyasi rahbari Umar Rajabov firibgarlikda ayblanib 11 yilga qamaldi, deb xabar qilmoqla “Samarkandskiy vestnik” nashri.

“Bugun qurilish kompaniyasi rahbari Umar Radjabov va uning uch nafar yordamchilariga sud hukmi oʻqildi. U. Rajabov 11 yilga, uning oʻgʻli Ruslan Radjabov 8,5 yilga, SH. Obloqulov – 10 yilga, A. Odilov 9 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Sud qaroriga asosan ularning mulki jabrlangan fuqarolar foydasiga musodara qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, “Umar” qurilish kompaniyasi qurgan uylar atrofidagi mojarolar 2 yildan buyon davom etayotgan edi. Maʼlumotlarga koʻra, ular ruxsatnoma olmasdan turib uy-joylar qurishni boshlagan va boʻlajak xaridorlardan 900 million soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻ yigʻib olgan. Ushbu holat yuzasidan Umar Rajabov va uning hamkorlari Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3, 4-bandlarida (firibgarlik) koʻzda tutilgan jinoyatda ayblanib 2019 yilning fevral oyida hibsga olingan edi.

Asosiy mavzular