08:20 08 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
545 0 0

Tuzni meʼyorida isteʼmol qilish insonning yurak-qon tomir tizimiga koʻp salbiy taʼsir qilmaydi.

TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Tuzni meʼyorida isteʼmol qilish inson yurak-qon tomir tizimiga koʻp salbiy taʼsir qilmaydi. Bu haqda Yevropa kardiologlar uyushmasi hisobotida aytilgan. RIA Novosti xabariga asosan.

“Tadqiqotlarimiz natijalari tuzni isteʼmol qilish va yurak-qon tomir kasalliklari yoki oʻlim oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrgangan koʻpgina ilmiy izlanishlarga toʻliq mos keldi, shuningdek ular ozgina tuzning zararli ekanligi haqidagi keng tarqalgan salbiy fikrni qoʻllab-quvvatlamaydi", - dedi Kanadagi Makmaster universiteti professori Salim Yusuf.

Uning soʻzlariga koʻra, kuniga 6 grammdan ortiq tuz isteʼmol qilish salomatlikka salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Shuningdek, yurak-qon tomir tizimiga foydali taʼsir koʻrsatadigan foydali moddalar nafaqat meva va sabzavotlarda, balki yongʻoq, sut mahsulotlari va goʻshtda ham mavjudligini taʼkidladi.

Asosiy mavzular