21:38 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
244 0 0

Dasturga muvofiq koʻrsatilgan kasalliklarni bolalarda tashxislash va davolash uchun jami 424,6 mlrd soʻm va 548,0 ming yevro ajratiladi.

TOSHKENT, 9 sen — Sputnik. “Kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga  chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qaror bilan kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasallikka chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.

Shuningdek, 2019–2024 yillarda ushbu bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Dasturga muvofiq koʻrsatilgan kasalliklarni bolalarda tashxislash va davolash uchun jami 424,6 mlrd soʻm va 548,0 ming yevro ajratiladi.

Qarorga koʻra orfan kasalliklarni davolashda ishlatiladigan tibbiy buyumlarni import qilish davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida amalga oshiriladi.

2020 yil 1 yanvarga qadar kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bemorlarning Milliy registri tashkil etiladi.

Asosiy mavzular