13:34 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
46110

Oʻzbekiston mamlakatga import qilinayotgan avtomobillar davlat boji stavkalarini ikki baravarga pasaytirishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston mamlakatga import qilinayotgan avtomobillar davlat boji stavkalarini ikki baravarga pasaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "Oʻzavtosanoat" vakili Rustam Qodirov soʻzlariga tayanib Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

Qodirov bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi fraktsiyasining transport vositalari uchun utilizatsiya yigʻimi joriy etishni koʻzda tutuvchi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishida maʼlum qilgan.

"Oʻzavtosanoat" vakili soʻzlariga koʻra, utilizatsiya toʻlovlarning joriy qilinishi xalq va isteʼmolchilar oʻylayotganidek, narxlar oshishiga olib kelmaydi.

"Bu yigʻimni mahalliy avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz lokalizatsiyani kengaytirish, ichki zaxiralarni ishga solish orqali oʻz boʻyniga oladi", - degan u.

Shuningdek, Qodirov xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun ham alohida yondashilayotganini, jumladan, hozirda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlangan boʻlib, unga koʻra Oʻzbekistonga import qilinayotgan avtomobillarga davlat boji stavkalari ikki baravarga tushirilishi rejalashtirilayotganini aytgan.

"Shu bois utilizatsiya yigʻimini joriy etish mahalliy va import qilinayotgan avtomobillar narxiga hech qanday taʼsir qilmaydi", - deb taʼkidlagan "Oʻzavtosanoat" vakili.

Asosiy mavzular