14:11 17 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Uzbekskiye studentы v Posolstve RUz v Moskve

Rossiyada tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum qilindi

© Sputnik /
Jamiyat
Havola olish
183 0 0

Taʼkidlanishicha, 7,1 ming nafar oʻzbekistonlik talabalar byudjet asosida tahsil olmoqdalar.

TOSHKENT, 10 sen - Sputnik. Rossiya oliygohlarida 26 mingdan ziyod oʻzbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Bu haqda Rossiya fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Marina Borovskaya RIA Novostiga maʼlum qildi.

Soʻnggi yilda ularning soni qariyb ming kishiga oshgan.

“Oʻtgan yil Rossiya oliygohlari 26,5 mingdan ziyod talabalarni qabul qildi. Bu oʻtgan yilga qaraganda 1000 kishiga ziyod”, - dedi Borovskaya.

Taʼkidlanishicha, 7,1 ming nafar oʻzbekistonlik talabalar byudjet asosida tahsil olmoqdalar.

Hozirda Rossiyaning 491 ta oliygohi akademik almashuv doirasida Oʻzbekistonga oʻz hamkasblarini yuborishga tayyor. Shuningdek, xalqaro akademik loyihalar doirasi Rossiyaning 99 ta oliygohida 1,3 nafar oʻzbekistonliklar tahsil olmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiyaning iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyasini fan va taʼlim boʻyicha tarkibiy komissiyasining birinchi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Asosiy mavzular