16:00 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
140521

Usmonxon Alimov Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi lavozimidan ozod etildi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Oʻzbekiston musulmonlar idorasi bu xabarni rad etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Sal oldin tarqalgan xabarlarga koʻra, muftiy Usmonxon Alimov bugun Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasida Bosh vazir Abdulla Oripiv boshchiligida Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, uning viloyat vakilliklari xodimlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyati ishtirokida oʻtkazilayotgan majlisda ishdan olingan.

Manbalarning xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlangan.

 

Ayni vaqtda, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning ishdan olinganligini rad etib chiqdi.

"Usmonxon Alimov hazratlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlamoqdalar.
Muftiy hazratlariga uzoq yillar moʻmin-musulmonlarimiz xizmatida bardavom boʻlishlarini Alloh taboraka va taolodan soʻraymiz, deyilgan" idora xabarida 

Asosiy mavzular