07:13 22 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Odin iz kupolov mecheti Sheyxa Muxammada Sadыka Muxammada Yusufa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlandi - OAV

Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Jamiyat
Havola olish
981 0 0

Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga yangi muftiy tayinlandi.

TOSHKENT, 10 sen – Sputnik. Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlandi

Sal oldin tarqalgan xabarlarga koʻra, muftiy Usmonxon Alimov bugun Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasida Bosh vazir Abdulla Oripiv boshchiligida Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, uning viloyat vakilliklari xodimlari va Din ishlari boʻyicha qoʻmita rahbariyati ishtirokida oʻtkazilayotgan majlisda ishdan olingan.

Manbalarning xabar berishicha, hozirda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi lavozimida ishlab turgan Xayrulloh domla Turmatov muftiy etib tayinlangan.

Ayni vaqtda, Oʻzbekiston musulmonlar idorasi muftiy Usmonxon Alimovning ishdan olinganligini rad etib chiqdi.

"Usmonxon Alimov hazratlari Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida ishlamoqdalar. Muftiy hazratlariga uzoq yillar moʻmin-musulmonlarimiz xizmatida bardavom boʻlishlarini Alloh taboraka va taolodan soʻraymiz, deyilgan" idora xabarida.

Asosiy mavzular