16:20 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Palatochnыy gorodok dlya sborщikov xlopka v Sыrdarye

Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun "Hasharchilar shaharchasi" tashkil etildi

Ministerstvo truda Respubliki Uzbekistan
Jamiyat
Havola olish
136 0 0

2019 yilgi terim mavsumida Sirdaryoda 90ta hasharchilar shaharchalari quriladi. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. Sirdaryoda paxta teruvchilar uchun hasharchilar shaharchasi qurildi, deb xabar qilmoqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati.

Palatochnыy gorodok dlya sborщikov xlopka v Sыrdarye
Ministerstvo truda Respubliki Uzbekistan
Hasharchilar shaharchasi

Hasharchilar shaharchasi yoki eksperimental namunadagi dala markazi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 avgustdagi qaroriga asosan Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tashkil etilgan.

Hasharchilar shaharchasi

Shaharchada paxta terimiga jalb etilgan hasharchilar yashashi va hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Xususan u yerda yotoqxona, dam olish xonasi, ovqatlanish uchun stol stullar, tibbiyot xonasi, issiq suvli dush, hojatxona va boshqa sharoitlar mavjud. Shaharcha 400 kishiga moʻljallangan.

Hasharchilar shaharchasi

2019 yilgi terim mavsumida hasharchilar shaharchalari faqat Sirdaryo viloyati boʻylab tashkil qilinadi. Umumiy hisobda 90ta ana shunday shaharcha tashkil qilish rejalashtirilgan. Keyingi yildan boshqa viloyatlarda ham shunday shaharlar barpo etilishi mumkin, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular