23:36 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Pul mukofoti va qabul kvotasi: kinologlar uchun imtiyozlar belgilandi

© Sputnik / Pavel Gerasimov
Jamiyat
Havola olish
165 0 0

“Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

TOSHKENT, 11 sen – Sputnik. “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining xizmat itlari naslchilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimlari hamda tumanlararo kinologiya guruhlari tashkil etildi, ularning vazifalari belgilandi.

Qarorga koʻra:

- ogʻir, oʻta ogʻir, shaxsga qarshi jinoyatlarni xizmat itlari ishtirokida fosh etgan kinologiya xodimiga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining ikki baravar miqdorida pul mukofoti beriladi;

- kinologiya boʻlinmalari xodimlari uchun har yili Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida sirtqi taʼlim olishga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.

Qaror bilan Ichki ishlar vazirligining alohida xizmat koʻrsatgan xodimlar uchun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy koʻkrak nishonlari taʼsis etildi.

Shuningdek, qaror bilan kinolog xodimlarga qoʻshimcha ustama toʻlanadigan maxsus malaka toifasi berish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, maxsus malaka toifasi uchun toʻlov mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining:

- “3 - toifali kinolog” uchun – bir baravari miqdorida;

- “2 - toifali kinolog” uchun – ikki baravari miqdorida;

- “1 - toifali kinolog” uchun – uch baravari miqdorida belgilandi.

Asosiy mavzular