15:57 21 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10 sentyabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente

Prezident maktabiga eng koʻp Sergeli maktablari oʻquvchilari kirgan - vazir

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
179 0 0

Prezident maktabiga eng koʻp oʻquvchilari qabul qilingan maktablar roʻyxatida 3-ta Sergeli maktabi yetakchilik qilmoqda. Taʼlim vaziri ushbu maktab direktori va oʻqituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

TOSHKENT, 12 sen – Sputnik. Halq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov xabar qilishiga koʻra, Prezident maktablariga qabul qilingan eng koʻp oʻquvchilar – Sergeli tumanidagi maktablarda oʻqigan.

“Toshkent shahridagi Prezident maktabiga eng koʻp oʻquvchisi qabul qilingan maktablarning birinchi 6 tasidan 3 tasi Sergeli tumanidan ekanligi ham ushbu tanlov adolatli oʻtganligini koʻrsatadi.Qolgan maktablardan 3 nafar va undan kam oʻquvchilar qabul qilingan”, - dedi Shermatov.

Shuningdek, vazir Sergeli maktablari rahbariyatiga va oʻqituvchilariga minnatdorchilik bildirgan.

Prezident maktabiga kirgan oʻquvchilar

Eslatib oʻtamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini baholash Cambridge Assessment International Education tomonidan oʻtkazigan edi. Ikki bosqichda oʻtgan imtihon jarayonini mustaqil kuzatuvchilar, ota-onalardan vakillar, OAV xodimlari va blogerlar kuzatib borishdi. Natijalar anonim tarzda eʼlon qilindi, nomzodning shaxsiy maʼlumotlari koʻrsatilmadi.

Prezident maktablariga kirish konkurslari juda katta boʻlgan edi. Toshkent shahridagi Prezident maktabiga 5763 kishi hujjat topshirgan, ulardan 144 nafari oʻquvchi qabul qilingan. Bir oʻringa 40 kishi toʻgʻri kelgan.

Asosiy mavzular