08:58 20 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24

Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzoladi

© Instagram
Jamiyat
Havola olish
325 0 0

Floyd Meyvezer MMAning eng yaxshi jangchisi deb atagan Mahmud Murodov UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi oʻzbek jangchisi boʻldi.

TOSHKENT, 17 sen – Sputnik. Mahmud Murodov eng nufuzli aralash yakkakurash klublaridan biri - UFC bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida u oʻzining instagramida xabar qilgan.

“Men bugun dunyoning eng kuchli tashkiloti bilan shartnoma imzoladim. Buning uchun oʻz jamoamga bajarilgan ish uchun minnatdorlik bildiraman. Men UFCdagi birinchi oʻzbekman. Men qoʻllab-quvvatlaganingiz va menga bildirilgan ishonch uchun katta rahmat”, - deb oʻzgan kurashchi oʻz instagramida.

Oʻtgan yozda Mahmud Murodov ikkita jang oʻtkazib ularda nokaut bilan gʻalaba qozongan edi. Undan tashqari mashhur kurashchi Floyd Meyvezer Mahmud Murodovni MMAning eng yaxshi jangchisi deb atagan edi.

UFC – Ultimate Fighting Championship, oʻzbekchaga Mutlaq jangovar chempionat deb tarjima qilsa boʻladi. Bu aralash yakkakurash janglari boʻyicha dunyoda eng yirik va ommaviy klub hisoblanadi. UFC xususiy tashkilot boʻlib u har bir jangchi bilan shartnoma asosida ishlaydi. Aralash yakkakurash olamida boshqa jangovar klublar (chempionatlar) ham bor, masalan, bellatour, M-1 Global va boshqalar kabi, lekin ular kichikroq va faqat alohida hududlarda tarqalgan.

Asosiy mavzular