Yangi yildan ayrim foydalanishda bo‘lgan tovarlarni olib kirish ta’qiqlanishi mumkin

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishMontaj avtomobilnix shin
Montaj avtomobilnix shin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yining birinchi yanvaridan boshlab ayrim toifadagi foydalanishda bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekistonga olib kirish ta’qiqlanishi mumkin.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Yangi yil boshidan boshlab O‘zbekistonga ayrim toifadagi foydalanishda bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish ta’qiqlanishi mumkin. Bu haqida “O‘zstandart” tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Xususan, foydalanishda bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni olib kirish ta’qiqlanadi:

  • Foydalanishda bo‘lgan yoki qayta tiklangan avtomobil va qishloq xo‘jalik texnikasi shinalari;
  • Avtomobil ehtiyot qismlari;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari;
  • Maishiy elektr texnikalari.

Shuningdek, olib kirilayotgan mahsulotlarda “Bio”, “Xalal”, “Eko”, “Bez GMO”, “Organik” kabi belgi va yozuvlar qayd etilgan bo‘lsa, ushbu mahsulotlarning sertifikatlari O‘zbekiston tegishli organlarida tasdiqlanishi kerak.

Undan tashqari yangi qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, 2020 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kelinayotgan mahsulotlar belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi, ekologik va xavfsizlik jihatidan YeI, YeOII normalariga mos bo‘lishi kerakligi aytib o‘tilgan. Masalan avtotransport vostalari “Yevro-5” ekologiya normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0