14:22 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
403 0 0

Uy-joyi yoʻq va koʻp bolali mehnat migrantlariga imtiyozli ipoteka krediti beriladi - yangi qonun loyihasi.

TOSHKENT, 23 sen – Sputnik. Mehnat migrantlariga ipoteka kredit asosida uy-joy ajratish tartibini belgilovchi yangi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu qonunda, ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini tasdiqlangan.

Xususan, Mehnat migrantlariga imtiyozli ipoteka ajratishda quyidagi omillar hisobga olinadi:

a) turar joyi yoʻq, ijarada yashaydigan;

b) boshqa oila bilan bir uyda yashaydigan;

v) koʻp bolali oila - uch va undan ortiq;

g) daromadi yetarli darajada boʻlgan;

d,ye) oilasida doimiy kasal yoki nogiron shaxslar bor;

j) uy-joy maydoni kichik –1 kishiga 16m2 dan kam;

z) ikki yoki undan ortiq farzandli yolgʻiz ota yoki ona. 

Yuqoridagi holatlar ariza beruvchi tomonidan hujjatlar asosida tasdiqlanishi kerak boʻladi. Maxsus komissiya migrant arizasi va hujjatlarini koʻrib chiqib unga koʻp xonadonli uylardan imtiyozli ipoteka  ajratish yoki ajratmaslik haqida qaror chiqaradi.

Ipoteka kreditning imtiyozli davri 1 yil etib belgilanadi.

Ipoteka kreditdan foydalanishning birinchi 5 yili davomida har yili foiz stavkasini qatʼiy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bosqichma-bosqich oshib boradigan stavkada va keyingi davrda Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi. 

 

Asosiy mavzular