Surxondaryo viloyatida sel suv ombori quriladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovReka Sirdarya
Reka Sirdarya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 30 cyen – Sputnik. “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Toshkent viloyatida yangi suv ombori qurilishi mumkin

“Bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” AJ tomonidan 13,15 mln. kub metr hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan hujjatda.

Qarorga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilova qilingan. Unga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati – 30 mln. dollar ortiq mablag‘. Sug‘oriladigan maydon – 6,6 ming ga. Loyihani amalga oshirish muddati 2023-yil 30-aprel deb belgilangan.

Shuningdek, 10 kishidan iborat suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Toshkent viloyatida “Qizilsoy suv omborini qurish” loyihasi amalga oshirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanganligi haqida xabar qilgandik.

 

 

Yangiliklar lentasi
0