00:36 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Turistы v Uzbekistane

Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi

© Flickr / Benjuni
Jamiyat
Havola olish
151 0 0

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni toʻla-toʻkis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinadi.

Ushbu masala Oliy Majlis qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida koʻrib chiqildi.

Qayd etilishicha, qator xorijiy mamlakatlarning jinoyatchilikka doir qonun hujjatlarini oʻrganish mamlakatda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik yoʻqligini koʻrsatmoqda.

Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 224-moddasini dekriminalizatsiya qilish zururatini keltirib chiqarmoqda.

“Shuningdek, milliy qonunchiligimiz tahlili va Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar statistikasi respublikamiz fuqarolari, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga maʼmuriy javobgarlik choralarini differentsiatsiya qilishni taqozo etyapti”, - deyiladi xabarda.

Shundan kelib chiqib, mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodekslariga Oʻzbekistonda boʻlish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirishga qaratilgan tegishli oʻzgartishlar kiritilmoqda.  

Deputatlarning fikricha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi vakolatli davlat organlari tomonidan mazkur toifadagi ishlarning tezkor koʻrib chiqilishini taʼminlashga, shuningdek, mamlakatning turistik salohiyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan islohotlarni toʻla-toʻkis yuritilishiga huquqiy kafolat yaratadi.

Asosiy mavzular