21:31 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Danilovskiy rыnok v Moskve

Goʻsht isteʼmol qilish boʻyicha Oʻzbekiston kimdan orqadayu kimdan oldinda?

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Jamiyat
Havola olish
46420

Statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston aholisi kimdan kamroq va kimdan koʻproq goʻsht isteʼmol qilishini xabar qildi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Davlat statistika qoʻmitasisi boshqarma boshligʻi Jahongir Yoʻldoshevning xabariga koʻra, oʻzbekistonliklar bir yilda oʻrtacha 43,2 kilogramm goʻsht va goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qiladi. 

"Bu koʻrsatgich kam yoki koʻp ekani haqida biror narsa deya olmayman. Ammo aholining goʻsht isteʼmoli qoʻshni Tojikiston yoki Qirgʻizistondan koʻproq. Ammo Rossiya, Qozogʻiston, Ozorboyjon va boshqa Boltiqboʻyi davlatlari aholisiga nisbatan kamroq goʻsht isteʼmol qilamiz", — dedi Yoʻldoshev.

Sputnik tomonidan qoʻshimcha maʼlumot sifatida shuni aytish mumkinki, Oʻzbekiston aholisi kamroq goʻsht isteʼmol qilsada, ushbu goʻsht asosan yuqori sifatli oqsil va aminokislotalarga boy boʻlgan mol va qoʻy goʻshtidir. Oʻzbekistonda parranda va baliq goʻshti juda kam isteʼmol qilinadi. 

Statistik maʼlumotlariga koʻra, Rossiya va boltiqboʻyi mamlakatlarida aholi isteʼmol qiladigan goʻshtining 30-50 % tovuq goʻshtiga toʻgʻri keladi. Maʼlumki tovuq goʻshti, aksariyat hollarda, sunʼiy ozuqa qoʻshimchalari yordamida tez yetishtiriladi (30kunda) va unda inson organizmi uchun kerakli boʻlgan foydali moddalar miqdori kamroq boʻladi.

 

Asosiy mavzular