01:17 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Obespecheniye bezopasnosti narodnыx gulyaniy vo vremya prazdnovaniya Dnya nezavisimosti i Kurban-xayita

Koʻkchada 4ta kam taʼminlangan oila uylari yonib ketdi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
221 0 0

Sherzod Qudratxoʻjayev Facebook orqali Koʻkchada oʻylari yonib ketgan kam taʼminlangan oilalarga yordam berishni soʻradi.

TOSHKENT, 1 okt – Sputnik. Bugun Toshkentning Koʻkcha mavzeidagi Nurafshon mahallasida 4ta yonma-yon joylashgan uylar yonib ketdi. Bu haqida Sherzod Qudratxoʻjayev oʻzning Facebookdagi  sahifasida xabar qildi.

Qudratxoʻjayev aytishiga qaraganda, ushbu uylar kam taʼminlangan oilalarga qarashli boʻlgan va qishgacha, yogʻingarchilik boshlanganicha uylarini yopib olishlari uchun  yordam kerak. Jabrlanganlar har qanday yordamni qabul qilishga tayor: hoh u oziq-ovqat boʻlsin, xoh ishchi kuchi, qurilish materiallari yoki pul mablagʻlari.

Eslatib oʻtamiz, yil boshidan buyon Oʻzbekistonda 7,5 mingdan ortiq yongʻinlar sodir boʻlgan. Ularda 76 kishi halok boʻlgan va 208 kishi tan jarohati olgan.

Asosiy mavzular