15:20 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana

IIV - malaka oshirishga kelgan xodimlar paxta yigʻim-terimiga jalb etilmaydi

uznews.uz
Jamiyat
Havola olish
174 0 0

IIV xabariga koʻra videolavha “ichki ishlar organlarini obroʻsizlantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan”.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, malaka oshirishga kelgan xodimlar paxta yigʻim-terimiga jalb etilishi haqidagi videoga rasmiy munosabat bildirdi. 

“Ushbu qisqa muddatli oʻquv yigʻinlarida tahsil olayotgan tinglovchilarni paxta yigʻim-terimiga jalb etish boʻyicha biron-bir topshiriq berilmagan, bugungi kunda barcha tinglovchilar bilan rejalashtirilgan oʻquv mashgʻulotlari olib borilmoqda. Mashgʻulotlar 11 oktyabrgacha davom etib, shundan soʻng tinglovchilar tegishli viloyatlarga oʻz xizmat joylariga qaytarib yuboriladi”, - deyilgan IIV rasmiy xabarida.

Undan tashqari, IIV yozishiga koʻra, ushbu videolavha “ichki ishlar organlarini obroʻsizlantirish, xodimlar shaʼniga putur yetkazish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan”. Ayni paytda oʻquv markazlarida yuqorida qayd etilgan holatlar boʻyicha ichki surishtiruv ishlari oʻtkazilmoqda, deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, kecha ijtimoiy tarmoqlarda IIV oʻquv markazida bir guruh xodimlarni oʻqishga deb chaqirib paxtaga olib ketilayotgani haqida videolavha tarqalgan edi. 

Asosiy mavzular