23:57 15 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55

Shifokorlarga boʻlayotgan tajovuzlarning oxiri bormi? - Sogʻliqni saqlash vazirligi

XS
Jamiyat
Havola olish
136 0 0

Vazirlik xabariga koʻra, Oʻzbekistonda 2019 yilning 9 oyida tez yordam shifokorlariga 100 martadan ortiq tajovuz qilingan.

TOSHKENT, 3 okt – Sputnik. Sogʻliqni saqlash vazirligi yana bir bor Oʻzbekistonda shifokorlar nisbatan avj olgan zoʻravonlik haqida xabar qildi.  

Xabarda aytilishiga koʻra, 2019 yilning 9 oyi davomida Respublika tez tibbiyo yordam xodimlariga 100dan ortiq tajovuzlar qayd etilgan. Ularning aksariyati aybdor tomonning kechirim soʻrashi bilan yakunlangan, ayrim hollarda hech qanday chora koʻrilmagan.

-Shifokorlarga boʻlayotgan tajovuzlar bevosita vazirlikning murojaatidan soʻnggina huquqiy chora koʻrilayotganini qanday baholash mumkin?, - deyilgan xabarda.

Nima uchun huquqni muhofaza qilish, ichki ishlar, MIB kabi tizimlar xodimlariga qilingan har qanday tajovuzga darhol huquqiy baho beriladi, aybdor aniqlanadi va hatto ozodlikdan mahrum boʻlishgacha boʻlgan jiddiy jazolar qoʻllanadi-yu, bunday tezkorlik Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimiga kelganda unutiladi?

Nega yaqqol koʻrinib turgan ishlar boʻyicha ham jazo muqarrarligi paysalga solinadi? Qonunchilikka aniq oʻzgartirishlar kiritish payti kelganini bir necha marta taʼkidladik, oʻz takliflarimizni berganmiz. Bugun bu masala har qachongidan ham dolzarb.

Nima boʻlganda ham, oʻz huzur-halovatidan kechib, oʻzgalarga shifo baxsh etayotgan, insonlar dardiga darmon boʻlayotgan shifokorlarning huquqlarini qatʼiy himoya qilish uchun alohida huquqiy hujjat qabul qilish vaqti allaqachon kelgan. Yelkasiga ulkan masʼuliyatni olib, inson salomatligi yoʻlida tunu-kun xizmat qilayotgan kasb egalariga nisbatan boʻlayotgan salbiy munosabatlarni oʻzgartirishimiz zarur, deyilgan Sogʻliqni saqlash vazirligi xabarida.

Asosiy mavzular